22/12/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida yengil avtomobillar va yengil avtotransport vositalarini ijaraga berish boʻyicha xizmatlar hajmi qariyb 3,3 trln soʻmga yetgan.

Ushbu xizmat turining nisbatan yuqori ulushi Toshkent shahrida (umumiy hajmining 27,6 %), Toshkent (12,5 %), Andijon (9,4 %), Qashqadaryo (8,4 %), Fargʻona (7,9 %) va Samarqand (7,8 %) viloyatlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.