Sirdaryo viloyatida 2023- yil 1- oktabr holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 1298 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 19 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 279 tani tashkil qildi.
Ulgurji savdo tovar aylanmasida yuqori o‘sish sur’atlariga eng yirik korxonalar Boyovut (149,7 %), Oqoltin (172,1 %), Sayxunobod (171,3 %) hamda Xovos (119,3 %) tumanlarida kuzatildi.