29/09/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 389,3 ming dona konditsioner ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5 martaga oshgan. 2023-yilning avgust oyida yirik korxonalar tomonidan 33,8 ming dona konditsioner ishlab chiqarilgan.