Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda 2023-yil 1-sentabr holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tahlil qilinganda, eng ko‘pi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
So‘nggi besh yilning mos davrlarida ushbu ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar dinamikasi quyidagicha:
2019-yilda – 216 843 ta
2020-yilda – 267 511 ta
2021-yilda – 327 951 ta
2022-yilda – 368 945 ta
2023-yilda – 429 124 ta