2023- yil yanvar-may oylarida Sirdaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 13,0 mln. AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 52,2 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 8,4 % ni tashkil etdi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (21,9 %), Pokiston (18,3 %), Qozog‘iston (35,7 %), hamda XXR (11,7 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.