Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig’ining birinchi o‘rinbosаri

Tarjimai hol

1984-yil 29-dekabrda tug‘ilgan. Mutaxassisligi menejment.

2006-2007- yillari Toshkent shahar Mikrokreditbank Aksiyadorlik tijorat banki Kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlariga mikrolizing xizmatlari ko'rsatish departamentining byudjetdan tashqari fondlari bilan ishlash bo'limi yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlagan.

2007-2008- yillari Toshkent shahar O'zsanoatqurilish bank Xazina departamenti Moliya tijorat boshkarmasi Moliyaviy rejalashtirish moliyaviy hisobot tahlil va bank byudjeti ijrosini nazorat qilish bo'limi mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi bo‘lgan.

2009-2009- yillari Toshkent shahar Aksiyadorlik tijorat “Ravnaqbank” amaliyot boshqarmasi kreditlash bo'limi 2-toifali mutaxassisi bo‘lgan.

2011-2012- yillari Sirdaryo viloyati Boyovut yengil sanoat va agroservis kasb-hunar kolleji o'qituvchisi bo‘lgan.

2012-2012- yillari Sirdaryo viloyati Boyovut yengil sanoat va agroservis kasb-hunar kolleji xodimlar bo'yicha maxsus ishlar nazoratchisi bo‘lgan.

2012-2014- yillari Sirdaryo viloyati Boyovut yengil sanoat va agroservis kasb-hunar kolleji buxgalteriya bo'limi boshlig'i lavozimida ishlagan.

2014-2015- yillari Sirdaryo viloyati Boyovut yengil sanoat va agroservis kasb-hunar kolleji o'qituvchisi bo‘lgan.

2015-2015- yillari Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo'limi 1-toifali mutaxassisi lavozimida ishlagan.

2015-2016- yillari Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo'limi yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlagan.

2016-2017- yillari Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi bo'limi boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

2017-2020- yillari Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo'limi boshlig'i lavozimida ishlagan.

2020-yili Sirdaryo viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Hududni ijtimoiy - iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturlarni ishlab chiqish va tahlil qilish yig'ma bo'limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.

2020-yil 13-oktabrdan Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.