Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i

Funksional vazifalari

-O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan holda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlarini tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

-boshqarmaga yuklangan vazifalarning bajarilishi va uning funksiyalarini amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi;

-boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi;

Boshqarmaning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlaydi;

-boshliq o‘rinbosarlari va funksional  bo‘lim boshliqlarining javobgarlik darajasini belgilaydi;

-boshqarmaning smeta xarajatlarini belgilaydi va tasdiqlaydi;

-boshqarma xodimlari uchun mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasi bo‘yicha belgilangan lavozim okladlari sxemasiga muvofiq shtat jadvalini tasdiqlaydi, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ustama va qo‘shimcha ish haqi to‘lash tartibini, moddiy rag‘batlantirish va taqdirlashning boshqa shakillarini belgilaydi;

-zarurat hollarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan holda boshqarma tuzilmasiga shtatdagi xodimlarining tasdiqlangan soniga statistika ishlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida o‘zgartirishlar kiritiladi;

-dasturlar bo‘yicha bajariladigan statistika ishlari hajmlariga muvofiq moliyaviy va moddiy texnik resurslarini taqsimlaydi;

-maxsus jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etadi;

-boshqarma xodimlarini  belgilangan tartibda lavozimlarga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

-tuman va shahar statistika bo‘limlari rahbarlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

-o‘z vakolatlari doirasida tuman va shahar statistika bo‘limlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;

-o‘ziga yuklangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari doirasida boshqa barcha zarur choralarni ko‘radi;

-boshqarma tomonidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatadi, amaldagi qonun hujjatlari va boshqarma Nizomiga muvofiq boshqarma manfaatlarini himoya qiladi va uning mol-mulkini tasarruf etadi.

-boshqarmaning: Umumiy rahbarlik, Buxgalteriya hisobi va moliyaviy ishlar bo‘limi, Kadrlar bo‘limi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bo'limi,  Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi, Dasturiy texnik-ta’minot va ma’lumotlarni saqlash markazi, Maxsus bo‘lim, hamda tuman va shahar statistikasi bo‘limlarini faoliyatini doimiy nazorat qiladi.

Davlat statistika ishlari ishlab chiqarish Dasturida belgilab berilgan vazifalarni bajarish, oylik, choraklik va yillik Davlat statistika hisobotlarini ta’minlanishini, viloyatda iqtisodiy islohatlarning borishini, institutsional o‘zgarishlarni bozor munosabatlari, va bozor infratuzilmasining vujudga kelishini, narxlar dinamikasini va inflyatsiya darajasini, davlat, korxonalari va iqtisodiyot tarmoqlarining moliyaviy ahvolini, demografik jarayonlarni, mehnat resurslari dinamikasini va tarkibini, mehnatga haq to‘lash va uning shartlarini, ijtimoiy guruhlar va daromaddorlik guruhlari bo‘yicha aholi turmushining moddiy ta’minlanganligi darajasini, ijtimoiy soha, huquqiy tartibot va ekologiyaning ahvolini, iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari faoliyat ko‘rsatish dinamikasini, davlatning tashqi iqtisodiy  faoliyati, savdo va to‘lov balansining statistik kuzatuvlarini amalga oshirish bo‘yicha tayyorlanayotgan kunlik va haftalik hisobotlarni, shuningdek, choraklik va yillik byulletenlarni ishonchliligi, haqqoniyligini takomillashtirish bo‘yicha boshqarmaning tarkibiy tarmoqlariga boshqarma boshlig‘i bilan birgalikda, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari biriktirilsin: