So'nggi yangiliklar

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistondagi muzeylarda jami 2,16 million dona eksponatlar mavjud.

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 3,0 % ni, fizik hajm indeksi 81,1 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 27,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil yanvar-fevral oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan bozor xizmatlar hajmi 29 165,4 mlrd. soʻmga teng boʻlib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 47,2 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 197 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar-mart oylarida bu sohada 7 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2023- yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 238,4 tonna quyultirilgan sut va qaymoq ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 3,4-martaga oshgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-fevral oyida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 504 ta bo‘lib, ular 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,3 barobarga oshgan. So‘nggi yillarning mos davrida ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalarning soni quyidagicha:

2023-yilning yanvar-fevral oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra qo‘y va echkilar savdosi 6 071,2 mln. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Sirdaryo viloyatida import hajmi 77,5 mln. AQSh dollarini (2022- yilning mos davriga nisbatan 125,9 %) ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 18,9 mlrd. so'mni tashkil etdi. 2022-yilning shu davriga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 102,5 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yil oxiriga umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining uzunligi 42 869 kmni tashkil etib, 2017- yilga (42 695 km) nisbatan 174 kmga yoki 0,4 %ga oshgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 6 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1,4 ming tonna limon eksport qilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-fevral oylarida respublikamizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni, 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 barobarga oshgan bo‘lib, ularning so’nggi besh yildagi dinamikasi quyidagiсha:

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2023- yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 104,3 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 martaga oshgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-fevral oylari yakunlariga koʻra, jami meʼmorchilik, muhandislik izlanishlar, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 919,7 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 0,1 % ni, fizik hajm indeksi 14,7 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 1,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-fevral oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari jami 412 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan: