12/07/2023

2023-yilning 1-iyun holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni 2 076 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 15,1 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 2 052 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni quyidagicha taqsimlangan:

Sardoba tumani – 346 ta

Mirzaobod tumani – 325 ta

Sayxunobod tumani – 283 ta

Oqoltin tumani – 263 ta

Sirdaryo tumani – 177 ta

Guliston tumani – 195 ta

Boyovut tumani – 181 ta

Xovos tumani – 155 ta

Guliston shahri – 89 ta

Yangiyer shahri – 40 ta

Shirin shahri – 22 ta