So'nggi yangiliklar

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Respublikaga 2022-yil yanvar-oktabr oyida jami 4195,9 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan, shundan 2149,0 ming nafari (51,2 %) ayollar, 2046,9 ming nafari (48,8 %) erkaklar.

Davlat statistika qoʻmitasi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston qiymati 903,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,4 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan feldsherlar soni 21 ming nafardan oshgan.

Sirdaryo viloyatida 2022- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari va tashkilotlari soni 1 636 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,6 % ga oshdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra har hil yoshdagi qora mollar savdosi 127 959,0 mln. so‘mni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 9 oyida 124,1 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga chiqqan.

Sirdaryo viloyatida 2022- yilning yanvar–sentabr oylarida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 5 988,0 ming AQSh dollari qiymatidagi 14 020,4 tonna meva va rezavorlar eksport qilindi. 

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijga qiymati 4,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 6,5 ming tonna bodring eksport qilgan. 

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 78,5 mlrd. so'mni tashkil etdi. O'sish sur`ati 111,4 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan butun mamlakatimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida "Dolzarb 40 kunlik" davom etmoqda.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida xorijdan qiymati 25,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 99 756 dona televizor import qilingan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlarining ulushi – 49,3% ni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2022- yil yanvar- sentabr oylarida kichik biznes subyektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 146,0 million AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 64,5 % ini tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 153 tani, shundan qo‘shma korxonalar 6 306 ta va xorijiy korxonalar 8 847 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari hajmi 118,5 trln. soʻmni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,1 % ni tashkil etdi.Respublikada jami yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlari tarkibida eng katta ulush Samarqand (11,6 %), Qashqadaryo (11,3 %), Toshkent (10,6 %) va Buxoro (9,2 %) viloyatlariga toʻgʻri kelmoqda.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 269,0 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 3,2 % ini tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 40,6 % ni tashkil etdi).

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning oktyabr oyida respublikamizda 85 306 nafar chaqaloq tugʻilganligi qayd etilgan.