So'nggi yangiliklar

2023- yil yanvar-mart oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma qishloq xo‘jaligi sohasida 296 ta, savdoda 196 ta hamda sanoatda 59 ta yangidan tashkil etilgan.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023- o‘quv yili boshida nodavlat umumtaʼlim muassasalarida o‘quvchilar soni 45,9 ming  nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2017/2018- o‘quv yilining mos davri bilan taqqoslaganda 5,5 barobarga oshganini ko‘rish mumkin. Ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha:

Fuqarolik obyektlarini qurish bo'yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 18,4 % ni tashkil etdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 6,2 % punktga kamaydi. Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar ulushi mos ravishda 88,5 % (6,1 % punktga ko'paydi).

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati 2,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini eksport qilgan.

2023-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, Sirdaryo viloyati boʻyicha qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 735,3 mlrd. soʻmni tashkil etdi va oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,3 % ga oʻsdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-aprel oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 31 041 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

2023- yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 3 257,1 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 75,9 % ini tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning 1- aprel holatiga respublika boʻyicha jami doimiy aholi soni 36,2 mln. kishini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga koʻpaydi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 1,3 % ni, fizik hajm indeksi 106,4 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 24,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023- o‘quv yili boshiga nodavlat umumtaʼlim muassasalaridagi o‘qituvchilar soni 5,0 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2017/2018- o‘quv...

2023- yilning yanvar-martida YAHM deflyatori indeksi 2022- yilning yanvar-martidagi narxlarga nisbatan 120,0 foizni tashkil etdi. YAHM deflyatori indeksining eng yuqori ko‘rsatkichlari sanoat tarmog‘ida– 131,9 % va qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 119,4 % qayd etildi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 514,4 tonna gilos sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish...

2023-yilning yanvar-mart oylarida viloyatimiz tomonidan 347,7 ming AQSH. dollari qiymatidagi 316,7 tonna yangi uzilgan uzum eksport qilindi.

Joriy yilning 11- may kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining oʻrinbosari B.Maxkamov Sirdaryo tumanida boʻlib, tuman statistika boʻlimi registratori Gʻ.Rasulov bilan birgalikda ...

2023- yil yanvar-mart oylarida hududlar bo‘yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Guliston shahri – 18,3 %, Sardoba – 17,3 %, Oqoltin – 14,9 %, Sayxunobod – 10,7 %, Sirdaryo – 10,7 %, Mirzaobod – 7,7 %, Boyovut – 5,3 %, tumanlari hissalariga to‘g‘ri keldi.

2023- yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 2,5 mlrd. so‘m (ulushi 0,1 % va o‘sish sur’ati 9,2 %) miqdorida asosiy kapitalga inestitsiyalar o‘zlashtirildi.

Joriy yilning 11-may kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U.Elmuratov tomonidan Sardoba tumanida 4-savdo (YATT)...