29/05/2023

Sirdaryo viloyatida 2023-yilning 1-may holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 13 797 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 11 602 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Guliston shahrida – 2 913 ta

Sirdaryo tumani – 1 369 ta

Sayxunobod tumani – 941 ta

Boyovut tumani – 932 ta

Guliston tumani – 883 ta

Mirzaobod tumani – 1 086 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 4 233 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 125 ta

sanoat sohasida – 1 665 ta