Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil 1-may holatiga respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12 989 tani tashkil etgan.
Xorijiy kapital ishtirokida eng koʻp faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Rossiya – 2 905 ta
Xitoy – 1 807ta
Turkiya – 1 798 ta
Qozogʻiston – 986 ta
Janubiy Koreya – 712 ta
AQSH – 297 ta
Qirgʻiziston – 258 ta
Tojikiston – 253 ta