29/05/2023

Sirdaryo viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 70,6 million AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 76,8 % ni tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Yangiyer– 100,0 %, Shirin shaharlarida – 100,0 %, Xovos –99,9 %, Sayxunobod – 99,9 %, Sardoba – 98,8 %, Oqoltin – 87,1 %, Boyovut tumanlari – 67,7 % va Guliston shahar – 62,5 %, eng past ko‘rsatkich Guliston tumanida – 0,3 % ni tashkil etdi.