25/05/2023

2023– yilning 1– aprel holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 329,1 mingtaga yetdi.

2022– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilarning bosh soni – 25 550 boshga (8,4 %) ko‘paydi.

2023– yilning 1– aprel holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami qo‘y va echkilarning 80,7 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.