19/05/2023

Joriy yilning 19-may kuni Viloyat statistika boshqarmasida “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyatini soha xodimlari ongiga singdirish” mavzusida navbatdagi maʼnaviyat soati oʻtkazildi. Tizim xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan ushbu maʼnaviyat soatida boshqarma boshligʻi U.Elmuratov soʻzga chiqib, “Inson qadri uchun” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” belgilab olinganligini, Taraqqiyot strategiyasi – bu xalqimizning manfaatlari, orzu-intilishlarini o‘zida mujassamlashtirgan katta rivojlanish nuqtasi, yurtimizning ertangi taqdiri hamda taraqqiyot yo‘lini belgilab berishini yig‘ilganlarga aytib o‘tdi. 

Davra suhbati davomida boshqarmaning boʻlim boshliqlari K.Yusupov, Sh.O‘razaliyevlar soʻzga chiqishib o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi.