Joriy yilning 16-may kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari tomonidan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilariga aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va unda aholining faol ishtirokini ta‘minlash to‘g‘risida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatini dastlab Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.To‘ychiyev ochib berib, o‘qituvchi va o‘quvchilarga aholini ro‘yxatga olishni mazmun-mohiyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Viloyat statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi G‘.Sanginov Respublikamizda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish kerakligi, ushbu tadbirni o‘tkazishda targ‘ibot tashviqot ishlari davom etayotganligi va ushbu tadbirni o‘tkazishga puxta tayyorgalik olib borilayotganligi yuzasidan batafsil ma’lumotlarni berdi.
Shuningdek, aholi jon boshiga iqtisodiyot ko‘rsatkichlarini hisoblashda Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot manbai sifatida xizmat qilishi, aholi punktlarining infratuzilmasini uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishlatilishi ta'kidlab o‘tildi.
Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi.
Davra suhbati yakunida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha berilgan maʼlumotlar asosida ishtirokchilarning fikr mulohazalari va takliflari tinglandi va ularni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.