17/05/2023

Sirdaryo viloyatida 2023- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1 202,7 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Sirdaryo tumani (258,9 mlrd. so‘m), Shirin shahar (229,8 mlrd. soʻm), Guliston shahar (161,2 mlrd. soʻm), Yangiyer shahar (128,7 mlrd. soʻm) va Sayxunobod (109,6 mlrd. soʻm), Oqoltin tumanida (31,1 mlrd. soʻm) hissasiga to‘g‘ri keldi.