12/05/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023- o‘quv yili boshiga nodavlat umumtaʼlim muassasalaridagi o‘qituvchilar soni 5,0 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2017/2018- o‘quv yilining mos davri bilan taqqoslaganda 5,6 barobarga oshganini ko‘rish mumkin. Ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha:

2017/2018 - oʻquv yili boshiga 0,9  ming nafar;

2018/2019 - oʻquv yili boshiga 1,6 ming nafar;

2019/2020 - oʻquv yili boshiga 2,4 ming nafar;

2020/2021 - oʻquv yili boshiga 2,9 ming nafar;

2021/2022 - oʻquv yili boshiga 3,6 ming nafar;

2022/2023 - oʻquv yili boshiga 5,0 ming nafar.