Joriy yilning 11- may kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining oʻrinbosari B.Maxkamov Sirdaryo tumanida boʻlib, tuman statistika boʻlimi registratori Gʻ.Rasulov bilan birgalikda "Iste’mol narxlari indeksi" kuzatuvining xizmatlar bo‘limi boʻyicha tumanda faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan SIRDARYO BEK MCHJ va SIRDARYO SHARQ UNIVERSAL XK xizmat koʻrsatish obyektlarida statistik kuzatuvlarni o‘tkazdi.
Kuzatuv davomida boshqarma boshlig‘ining oʻrinbosari B.Maxkamov tomonidan registratorga xizmatlar boʻlimi boʻyicha narxlar planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.