2023- yilning yanvar-martida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,3 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 20,0 %), sanoatda – 104,2 % (38,0 %), qurilishda – 100,3 % (7,4 %), xizmatlar sohasida – 104,0 % (34,6 %)ni tashkil etdi.
Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 102,5 % (5,6 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 109,6 % (4,2 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 103,5 % (24,8 %)dan iborat bo‘ldi.