11/05/2023

Joriy yilning 11- may kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Yaxyayev, Xizmatlar sohasi bo‘lim boshlig‘i A. Qurbanov hamda Boyovut tumani statistika bo‘limi boshlig‘i A.Berdinazarov bilan birgalikda Boyovut tumanida tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etish maqsadida, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar bilan joyiga chiqqan holda kuzatuv o‘tkazildi.  

Kuzatuv davomida S.Yaxyayev tomonidan bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.