11/05/2023

Joriy yilning 11- may kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U.Elmuratov uy xoʻjaliklari kuzatuv jarayonida olinayotgan maʻlumotlarning haqqoniyligi va sifatini taʻminlash maqsadida, Sardoba tumani, Yurtdosh MFY ga tashrif buyurib, hozirda uy xoʻjaliklari kuzatuvlariga tushgan Orasta ko‘chasida istiqomat qiluvchi respondent Shayqulova Gulnora bilan planshet qurilmasi orqali uy xo‘jaligi savolnomalarini o‘tkazdi va kuzatuvning maqsadi va vazifalari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlarni berib o‘tdi.