Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-mart oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 72,3 ming tonna aviatsiya kerosini ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,0 martaga oshgan. Oʻzbekistonda 2023-yilning mart oyida yirik korxonalar tomonidan 39,6 ming tonna aviatsiya kerosini ishlab chiqarildi.