Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023- oʻquv yilida respublika boʻyicha umumtaʼlim muassasalarida taʼlim berayotgan pedagoglar soni 521,6 ming nafarni tashkil etgan.
Shundan, 159,9 ming nafari yoki jamiga nisbatan 30,7 % ni erkak pedagoglar tashkil etgan.
Hududlar kesimida umumtaʼlim muassasalarida taʼlim berayotgan erkak pedagoglar soni:
Qoraqalpogʻiston R. – 9,9 ming nafar
Andijon viloyati – 10,4 ming nafar
Buxoro viloyati – 7 ming nafar
Jizzax viloyati – 11 ming nafar
Qashqadaryo viloyati – 22,9 ming nafar
Navoiy viloyati – 5,3 ming nafar
Namangan viloyati – 11 ming nafar
Samarqand viloyati – 23,1 ming nafar
Surxondaryo viloyati – 19,7 ming nafar
Sirdaryo viloyati – 4,8 ming nafar
Toshkent viloyati – 9,8 ming nafar
Fargʻona viloyati – 13,3 ming nafar
Xorazm viloyati – 7,9 ming nafar
Toshkent shahri – 3,8 ming nafar