Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yil 1- aprel holatiga jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 650 358 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 73 453 taga oshdi. O‘sish sur’ati 112,7 foizni tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni yillar kesimida quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:
2019- yil – 367896 ta
2020- yil – 440 879 ta
2021- yil – 526 824 ta
2022- yil – 576 905 ta
2023- yil – 650 358 ta