Joriy yilning 4- may kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U.Elmuratov, Sayxunobod tumani statistika bo'limi boshlig‘i A.Mamatqulov bilan birgalikda Sayxunobod tumanida tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etish maqsadida, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar bilan joyiga chiqqan holda kuzatuv o‘tkazdi.
Kuzatuv davomida U.Elmuratov tomonidan bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.