04/05/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 10 ta xorijiy davlatga qiymati 2 mln AQSH dollarlik shampun eksport  qilgan.

Shampun eksporti 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 835 tonnaga oshgan.

2023- yilning 3 oyida Oʻzbekiston eng koʻp shampun eksport qilgan asosiy davlatlar:

Rossiya – 381 tonna

Qozogʻiston – 347 tonna

Qirgʻiz R. – 173 tonna

Tojikiston – 131 tonna

Turkmaniston – 61 tonna