Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari soni 40 793 ta bo‘lib, jami tadbirkorlik subyektlarining 7,0 foizni (soni 582 231 ta) tashkil etdi va so’nggi besh yilda ularning dinamikasi quyidagicha:
2019-yilda – 23 000 ta
2020-yilda – 28 972 ta
2021-yilda – 33 666 ta
2022-yilda – 36 226 ta
2023-yilda – 40 793 ta