02/05/2023

Joriy yilning 2- may kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo, Sayxunobod, Mirzaobod tumanlarida va Guliston shahrida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama kuzatuvlari o‘tkazildi.

Kuzatuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi “Investitsiya va qurilish statistikasi” boshqarmasi Uy-joy qurilishi va pudratchi qurilish tashkilotlari faoliyatini statistik kuzatuvlari boʻlimi boshlig‘i D.Shermatov, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi o‘rinbosari S.Yaxyayev, Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi, tuman va shahar statistika boʻlim hodimlari hamda hududiy kadastr bo‘limi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir.