02/05/2023

Sirdaryo viloyatida 2023- yil 1- aprel holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 210,5 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,2 kishiga ortgan (2022- yil 1-aprel holatiga 1 kv.km.ga 206,5 kishi to‘g‘ri kelgan).

Hududlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Guliston shahrida 2680,6 kishi, Yangiyer shahrida 1569,1 kishi, Shirin shahrida 1444,4 kishi, Boyovut tumanida 261,9 kishi, Sirdaryo tumanida 243,8 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Oqoltin tumanida 100,2 kishi, Mirzaobod tumanida 124,8 kishini tashkil etgan.