Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023 oʻquv yilida respublika boʻyicha umumtaʼlim muassasalarida taʼlim berayotgan pedagoglar soni (oʻrindoshlarsiz) 521,6 ming nafarni tashkil etgan.
Shundan 159,9 ming nafari yoki jamiga nisbatan 30,7 % ini erkak pedagoglar tashkil etgan.
2022/2023 oʻquv yilida 2018/2019 oʻquv yiliga nisbatan erkak pedagoglar soni 27,8 ming nafarga yoki 21,0 % ga koʻpaygan.