01/05/2023

Joriy yilning 1- may kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining  o‘rinbosari B.Maxkamov Oqoltin tumani statistika bo'limi yetakchi mutaxassisi B.Pardayev bilan birgalikda Oqoltin tumanida tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etish maqsadida, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar bilan joyiga chiqqan holda kuzatuv o‘tkazildi.

Kuzatuv davomida B.Maxkamov tomonidan bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar tushumini registrator tomonidan sifatli va aniq oʻtkazilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.