01/05/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning aprel oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 0,8 % ga oshgan.

Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik oʻsish darajasi 11 % ga yetdi.

2023-yilning aprel oyida narxlar va tariflar oʻsishida yetakchi oʻrinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari oʻrtacha 1,2 foizga oshgan.

Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish 0,5 foizga oshgani kuzatilgan.