01/05/2023

Joriy yilning 28-aprel kuni viloyat statistika boshqarmasida boshqarma, tuman va shahar xodimlari ishtirokida huquqiy bilimlar kuni doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13- dekabrdagi “Konstitusiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4551-son qarori hamda Davlat statistika qo‘mitasining 2020-yil 6-yanvardagi 01/2-20-12/3-144-sonli xati ijrosini ta’minlash bo‘yicha boshqarma boshlig'i U.Elmuratov raisligida masofaviy onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i U.Elmuratov kun tartibidagi masala bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi va so‘zni boshqarmaning bosh yuriskonsulti K.Gaynazarovaga berdi. 

K.Gaynazarova tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma`lumotlarining milliy bazasi- “Lex.uz” dan olingan, Statistika agentligi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlarning qisqacha mazmuni bilan tanishtirib o‘tdi. Jumladan, ma`ruzachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 27 martdagi “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-826-son Qonuni, 2023 yil 10 apreldagi “Moliyaviy iste’mol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Iste’mol krediti berish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikast Qonunining  15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘RQ-828-son Qonuni, 2023 yil 18 apreldagi “Ma’muriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 3321-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi O‘RQ-830-son Qonuni va boshqa qonun xujjatlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Yig‘ilish yakunida xodimlarning yangi qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlari yuzasidan fikr-mulohazalarini eshitildi va tegishli qaror qabul qilindi.