Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi.
Joriy yilning 1-aprel holatiga Sirdaryo viloyatida 2019- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 116,9 foizni tashkil etdi. So‘nggi yillarda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni quyidagicha aks topdi:
2019 yilda – 1 412 ta
2020 yilda – 1 862 ta
2021 yilda – 2 126 ta
2022 yilda – 2 177 ta
2023 yilda – 1 652 ta