Mamlakatimizda insonlarga mehr-muruvvat ko'rsatish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Joriy yilning 31-mart kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan muborak Ramazon oyida Boyovut tumanidagi Bunyodkor va Yangiobod mahallalarida istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi va kundalik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.