31/03/2023

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida joriy yilning 31-mart kuni Guliston davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan universitet talabalariga davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu davra suhbatida Statistika agentligi Sanoat statistikasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Elyor Babaxanov, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Salohiddin Yaxyayev, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. 

Davra suhbatida dastlab, Elyor Babaxanov O‘zbekiston Respublikasida sanoat statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirish va tahlil qilish, sanoat statistikasiga oid atamalar, iste`mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmlarini hisoblash usullari, ishlab chiqarish mahsulotlarini texnologik turlari bo‘yicha hisoblash usullari, kichik biznes subyektlari va jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlari hajmini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlanma kuzatuvlar natijalari asosida oylik baholash ishlarini amalga oshirish va boshqa ma`lumotlar  haqida talabalarga batafsil tushunchalarni berib o‘tdi.

 Shuningdek, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Salohiddin Yaxyayev kun tartibidagi masalalar bo‘yicha talabalarga batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

Davra suhbati qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Davra suhbati yakunida sanoat statistikasi bo‘yicha berilgan maʼlumotlar asosida talabalarning fikr mulohazalari va takliflari tinglandi va ularni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

 Axborot xizmati