27/03/2023

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Sirdaryo viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 87,8 % to‘g‘ri kelib, 2022- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 0,3 punktga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 78,6 % ni tashkil etgan holda 301,7 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.