27/03/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 871 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 544,4 ming nafarga yoki 2,7 baravarga oshgan.

Oʻzbekistonga 2023-yilning yanvar-fevral oylarida eng koʻp qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?

— Tojikiston – 289,2 ming nafar

— Qozogʻiston – 241,4 ming nafar

— Qirgʻiz R.– 211,2 ming nafar

— Rossiya – 81,0 ming nafar

— Turkiya – 13,4 ming nafar

— Turkmaniston – 4,8 ming nafar

— Koreya – 4,4 ming nafar

— Hindiston – 2,4 ming nafar

— Ukraina – 1,7 ming nafar

— Ozarbayjon– 1,7 ming nafar

— Belarus. – 1,6 ming nafar

— Xitoy – 1,6 ming nafar

— AQSH – 1,4 ming nafar

— Germaniya – 1,3 ming nafar

— Buyuk Britaniya – 0,9 ming nafar

— Fransiya – 0,8 ming nafar

— Italiya – 0,7 ming nafar

— Yaponiya – 0,7 ming nafar

— Isroil – 0,6 ming nafar

— Gruziya – 0,6 ming nafar