25/03/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 26,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 786 dona elektromobil import qilgan.

Elektromobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562 taga oshgan.

Oʻzbekiston 2 oyda eng koʻp elektromobil import qilgan davlatlar:

Xitoy – 705 ta

Gonkong – 56 ta

Germaniya – 15 ta

BAA – 5 ta

Koreya – 2 ta