Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli roʻyxatdan oʻtgan avtobus va mikroavtobuslar soni 15 627 donani tashkil etib, bir yil davomida ularning soni 1 398 taga koʻpaygan (2022-yilning 1-yanvar holatiga ushbu koʻrsatkich 14 229 tani tashkil etgan).