Sirdaryo viloyatida 2022- yil 1- dekabr holatiga ko‘ra, savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalari va tashkilotlari soni 5399 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,4 % ga oshdi. Jumladan, kichik savdo korxonalari 5390 tani, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 7,3 % ga oshdi.
2022- yilning yanvar-noyabr oylarida yangi tashkil etilgan savdo korxonalari soni 635 tani tashkil etdi.