Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida 39 ta xorijiy davlatlardan qiymati 17 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 3,9 mln. juft oyoq kiyimlarini import qilgan.
Oyoq kiyimlari importi hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 39,2 ming juftga oshgan.
2022-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp oyoq kiyimlari import qilgan davlatlar:
Xitoy – 2,6 mln. juft
Turkiya – 1,1 mln. juft
Rossiya – 50,7 ming juft
Vyetnam – 43,6 ming juft
Indoneziya – 18,5 ming juft
Italiya – 14,6 ming juft
Chexiya – 7,6 ming juft
Hindiston – 6,6 ming juft