Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 8,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 663,3 tonna atir import qilingan.
Atir importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 86,6 tonnaga kamaygan.
Oʻzbekiston 23 ta davlatdan atir import qilgan.
Oʻzbekiston 11 oy mobaynida eng koʻp atir import qilgan davlatlar:
Rossiya – 374 tonna
Polsha – 152,4 tonna
Turkiya – 50 tonna
Fransiya – 13,7 tonna
Belarus – 13,6 tonna