Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylari davomida mamlakatimizda jami 268,3 mingta nikoh holatlari qayd etilgan. Joriy yilning 11 oyi davomida eng koʻp nikoh holati oktabr oyida 36,5 mingtani tashkil etgan boʻlsa, eng kam nikoh aprel oyida 14,0 mingta qayd etilgan.