27/12/2022

Davlat statistika qoʻmitasi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston qiymati 1,0 mlrd. AQSH dollarik 1,6 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 168,3 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 11 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:

meva va rezavorlar – 335 ming tonna

quritilgan meva va rezavorlar – 42 ming tonna

sabzavotlar – 819 ming tonna

piyoz – 199,5 ming tonna

karam – 142 ming tonna

pomidor – 71 ming tonna

uzum – 218 ming tonna

mayiz – 73,6 ming tonna

yeryongʻoq – 18,3 ming tonna

tarvuz-qovun – 135,8 ming tonna