26/12/2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 21- dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–269-son Farmoni hamda “Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-447-son qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparat va hududiy bo‘linmalari tashkiliy tuzilmalari qaytadan ko‘rib chiqilayotganligi hamda shtat birliklari maqbullashtirilayotganligi sababli Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (vacancy.argos.uz) orqali eʼlon qilingan tanlovlarning barcha jarayonlarini vaqtinchalik to‘xtatilishini maʼlum qilamiz.

Davlat organi va tashkilotlarining tashkiliy tuzilmalari hamda shtat birliklari qayta tasdiqlangandan so‘ng vakant lavozimlarga tanlovlar o‘rnatilgan tartibda yanada takomillashtirilgan vacancy.argos.uz portali orqali eʼlon qilinadi va davom ettiriladi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi 

Kadrlar bo'limi