26/12/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 5,1 ming tonna kivi import qilingan.

Kivi importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp kivi import qilgan davlatlar:

Eron – 4,2 ming tonna

Turkiya – 541 tonna

Xitoy – 235 tonna

Qozogʻiston – 46 tonna

Italiya – 8,4  tonna

Rossiya – 1,2  tonna