Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonda avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 1,1 mln. tonnadan oshdi.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,3 % ga oshgan.
2022-yilning yanvar-noyabr oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
Avtomobil benzini – 1,1 mln. tonna
Koʻmir – 4,8 mln. tonna
Neft – 721,2 ming tonna
Gaz kondensati – 1,2 mln. tonna
Yengil avtomobillar – 275 677 dona
Avtobus – 1 125 dona
Yuk avtomobillari – 3 686 dona
Avtomobil dvigatellari – 208,8 ming dona